MUNOSIB E’TIROF — YUKSAK EHTIROM!
🏅 MUNOSIB E’TIROF — YUKSAK EHTIROM!
🇺🇿 Jizzax viloyati hokimligi tomonidan Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimi Sattarova Feruza Ibodullayevna O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Mustaqillikning 35 yilligi” esdalik medali bilan taqdirlandi.
Ushbu yuksak mukofot Feruza Ibodullayevnaning soha rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi, samarali mehnati, fidoyiligi va tashabbuskorligining munosib e’tirofidir.
🌷 Zomin tuman axborot-kutubxona markazi jamoasi nomidan Feruza Ibodullayevnani ushbu quvonchli va faxrli yutuq bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat, kasbiy faoliyatingizda ulkan zafarlar va yangi-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🏆 Yuksak mukofotingiz muborak bo‘lsin, Feruza Ibodullayevna!