“Mustaqillik — milliy g‘ururimiz va faxrimiz”
“Mustaqillik — milliy g‘ururimiz va faxrimiz”
Joriy yilning 27-avgust sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan xotin-qizlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik — milliy g‘ururimiz va faxrimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida istiqlol yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, xalqimizning tinch va farovon hayoti, xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ularning jamiyatdagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar bilan Vatanga muhabbat, yurt tinchligini qadrlash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida samimiy suhbat olib borildi.
Mazmunli va ko‘tarinki ruhda o‘tgan davra suhbati xotin-qizlarda mustaqil yurtimiz bilan faxrlanish, uning taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish hamda tinchlik va osoyishtalikni qadrlash tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.