“Mustaqillik soati” o‘quvlarini tashkil etish
#Mustaqillik_soati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi PQ–120-son qarori 2-ilovasining 27-bandida belgilangan tashkilotlar, idoralar va ta’lim muassasalarida “Mustaqillik soati” o‘quvlarini tashkil etish vazifasi ijrosi yuzasidan RMMM Zomin tuman bo'linamsi tomonidan Zomin tumanidagi “Shohruh” kutubxonasi hamda Zomin tuman axborot-kutubxona markazi kitobxonlari uchun navbatdagi “Mustaqillik soati” darsi tashkil etildi.
“Mustaqillik soati” doirasida “Ma’rifat targ‘ibotchilari” jamiyati a’zosi Abdusattor Sodiqov qalamiga mansub “Yangi O‘zbekiston qiyofasida yuksalgan Zomin” kitobining taqdimoti ham o‘tkazildi. Taqdimot davomida kitobning mazmun-mohiyati, unda Zomin tumanining tarixi, bugungi taraqqiyoti, obodlik va bunyodkorlik ishlari, tumanda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar hamda xalqimizning boy ma’naviy merosi yoritilgani haqida ma’lumotlar berildi.