“Mutolaa — oilaviy tarbiyaning muhim mezoni” mavzusida davra suhbati
#tadbirlar_2026
Joriy yilning 17-sentyabr kuni Shoxruh nomidagi Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Kitobxon onalar” kuni munosabati bilan Abu Ali ibn Sino nomidagi Tibbiyot texnikumi talaba qizlari ishtirokida “Mutolaa — oilaviy tarbiyaning muhim mezoni” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Suhbat davomida kitob mutolaasining inson maʼnaviyati va dunyoqarashini boyitishdagi oʻrni, ayniqsa, oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish hamda farzandlarni kitob oʻqishga qiziqtirishda onalarning oʻrni haqida fikr almashildi. Ishtirokchilarga Mirzapoʻlat Toshpoʻlatovning “Tonggi farishta” nomli kitobi haqida soʻzlab berildi. Asarning mazmun-mohiyati, undagi insoniy fazilatlar va hayotiy saboqlar yuzasidan suhbat olib borildi.