Oila — Kitobxonlik Maskani
#Oila — Kitobxonlik Maskani
Zomin tuman axborot-kutubxona markazida xotin-qizlar ishtirokida "Oilada kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish" mavzusiga bag‘ishlangan samimiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda oilada mutolaa muhitini yaratish, farzandlar tarbiyasida kitobning o‘rni va ona siymosining kitobxonlikka bo‘lgan ta'siri haqida fikr almashindi. Zero, ma’rifatli ona — ma’rifatli jamiyat poydevoridir.
"Kitob o‘qigan ona o‘z farzandiga faqat ertak emas, balki yorug‘ kelajakni hadya etadi."
Ishtirokchilar oilaviy kitobxonlik an’analarini tiklash va yosh avlodni kitobga qiziqtirishning zamonaviy usullarini muhokama qildilar. Tadbir yakunida kutubxona xodimlari tomonidan ayollar uchun eng sara badiiy va pedagogik asarlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.