"Oilada komil shaxs tarbiyalashda milliy an'analar, urf- odat va marosimlarning o'rni" mavzusida adabiy- musiqiy kecha
#Kitobxon_onalar_kuni
2025-yil 17-oktyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazida "Kitobxon onalar kuni" munosabati bilan Oqila ayollar harakati a'zolari ishtirokida "Oilada komil shaxs tarbiyalashda milliy an'analar, urf- odat va marosimlarning o'rni" mavzusida adabiy- musiqiy kecha tashkil qilindi. Tadbirda oilalarda milliy urf-odatlarga, milliy qadriyatlarga, milliy kiyinishga berilayotgan e’tibor, kelinlarimiz, qizlarimizning odobi, ibo-hayosi haqida dildan suhbat o’tkazildi. Oilalarning mustahkam bo’lishida qaynonalarning o’rni, nabiralar tarbiyasi, ularni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish borasidagi tajribalari bilan o’rtoqlashdilar.
Mutaxassislar tomonidan T. Malikning "Kelinlar daftariga", Rahima Shomansurovaning "Qizlar kitobi" kabi kitoblar targ’iboti olib borildi o’qish uchun tavsiya qilindi.