“Prezident asarlari — xalqimiz taraqqiyoti va ma’rifat yo‘lida” nomli kitob ko‘rgazma
“Prezident asarlari — xalqimiz taraqqiyoti va ma’rifat yo‘lida”
Joriy yilning 17-avgust kuni
Zomin tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlariga bag‘ishlangan “Prezident asarlari — xalqimiz taraqqiyoti va ma’rifat yo‘lida” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmadan Prezidentimizning mamlakatimiz taraqqiyoti, xalq farovonligi, ta’lim, ma’naviyat va ma’rifat, yoshlar tarbiyasi hamda jamiyat rivojiga oid asarlari va kitoblari o‘rin oldi.
Tadbir davomida kitobxonlarga mazkur asarlarning mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berilib, ularni mutolaa qilishning ahamiyati ta’kidlandi. Ko‘rgazma kitobxonlarning siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy bilimlarini oshirish hamda zamonaviy taraqqiyot jarayonlari haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qildi.