“Qasoskorning oltin boshi” — mardlik va jasorat timsoli
“Qasoskorning oltin boshi” — mardlik va jasorat timsoli
Joriy yilning 13-avgust sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlarning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Hudoyberdi To‘xtaboyevning “Qasoskorning oltin boshi” asari yuzasidan mazmunli suhbat tashkil etildi.
Tadbir davomida asarning mazmun-mohiyati, unda aks etgan jasorat, mardlik, vatanparvarlik va insoniy fazilatlar haqida fikr almashildi. Kitobxonlar asar qahramonlarining hayoti va kechinmalari yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirdilar.
Bunday tadbirlar yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda badiiy adabiyotga mehrini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.