“Rahbar va yoshlar” kuni doirasida tumandagi istirohat bog‘ida yoshlar bilan ochiq uchrashuv tashkil etildi.
Payshanba kuni “Rahbar va yoshlar” kuni doirasida tumandagi istirohat bog‘ida yoshlar bilan ochiq uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlarni kitob o‘qishga keng jalb etish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli tavsiyalar berildi.
Xususan, istirohat bog‘i hududida kitoblarni erkin o‘qish uchun qulay sharoitlar yaratish, “ochiq kutubxona” tamoyilini joriy etish hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va fikrlar bildirildi. Shuningdek, zamonaviy adabiyotlar va badiiy asarlarni targ‘ib qilish orqali yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish muhimligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar kitob o‘qish – bilim va tafakkurni rivojlantirishning eng samarali yo‘li ekanini yana bir bor e’tirof etdilar.
https://t.me/zomin_kutubxona/26052