So‘rovnoma
Joriy yilning 2-aprel sanasida Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlar va uyushmagan yoshlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Mazkur so‘rovnoma kitobxonlarning kutubxona faoliyati, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda ularning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini o‘rganish maqsadida tashkil etildi.
So‘rovnoma jarayonida ishtirokchilar o‘z fikr va takliflarini bildirdilar. Olingan natijalar kelgusida kutubxona xizmatlarini yanada takomillashtirish, kitobxonlarga qulay sharoit yaratish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.