“Sog‘lik sari bir qadam” nomli kitob ko‘rgazma
Joriy yilning 7-aprel kuni Zomin axborot-kutubxona markazi tomonidan 7-aprel Xalqaro salomatlik kuni munosabati bilan “Sog‘lik sari bir qadam” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ushbu ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, inson salomatligini asrash va mustahkamlashga bo‘lgan e’tiborni oshirishdan iborat.Ko‘rgazmada to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik, shaxsiy gigiyena, ruhiy salomatlik hamda kasalliklarning oldini olishga bag‘ishlangan kitoblar, qo‘llanmalar va ilmiy-ommabop adabiyotlar o‘rin olgan. Salomatlikni saqlash — har bir insonning o‘z qo‘lida. Shu bois, barchangizni ushbu ko‘rgazmaga taklif etamiz va sog‘lom hayot sari birgalikda qadam tashlashga chorlaymiz!