"Sog'lom turmush tarzi va mazmunli bo'sh vaqt" mavzusida davra suhbati
"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida sog'lom turmush tarzi va mazmunli bo'sh vaqt
Joriy yilning 29-iyun sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodilari hamda 75-maktab hamkorlugida
"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida 75-maktabning 7-sinf o'quvchilari ishtirokida "Sog'lom turmush tarzi va mazmunli bo'sh vaqt" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Tadbir davomida o'quvchilar yozgi ta'tilni mazmunli o'tkazish, kitob mutolaasi, sport bilan shug'ullanish, zararli odatlardan yiroq bo'lish hamda sog'lom turmush tarziga amal qilishning ahamiyati haqida suhbatlashdilar. Ishtirokchilar o'z fikr va mulohazalarini bildirib, qiziqarli savol-javoblarda faol qatnashdilar.
Tadbir o'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning dunyoqarashini kengaytirish va sog'lom hayot tarziga bo'lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.