“Tarix va ma’rifat maskanlariga sayohat”
“Tarix va ma’rifat maskanlariga sayohat”
Joriy yilning 11-avgust sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlar va yoshlar ishtirokida “Tarix va ma’rifat maskanlariga sayohat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar yurtimizning tarixiy va madaniy maskanlari bilan yaqindan tanishib, ajdodlarimizning boy merosi, milliy qadriyatlarimiz hamda tariximiz haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Mazkur sayohat ishtirokchilarning dunyoqarashini kengaytirish, tarixiy merosimizga hurmat va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.