#Uslubiy_yordam_2026
Joriy yilning 13-oktyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxon markazi xodimlar tomonidan Zomin tumani Shirin M.F.Y. dagi "Yashil" texnikumi kutubxonasining faoliyati o‘rganilib, kutubxonachisiga mavjud hujjatlarning yuritilishi va kutubxona ish jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.
Amaliy yordam davomida kitoblarning kitobxonlarga berilishi, kitobxon kundaligi, kitobxon formulyarlari, jamlanma hisobga olish va inventar kitoblarining mavjudligi hamda yuritilish holati ko‘rib chiqildi. Kutubxona fondidagi adabiyotlarni hisobga olish, saqlash va ularga tegishli tartibda ishlov berish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
https://t.me/zomin_kutubxona/27862