“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir
Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan tumanimizdagi "Navbahor" mahallasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Zomin tumani hokimligi, Yoshlar ishlari tuman boʻlimi, tuman axborot kutubxona markazi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi hamkorligida hamda mahalla faollari tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda mahalla ahli, yoshlar katta qiziqish bilan faol ishtirok etdi.Tadbir davomida "Kitob marafoni" xayriya aksiyasi doirasida kitob taqdimoti, mualliflar bilan ijodiy uchrashuv va imzoli kitoblar, "Bir kitob-bir hayot" aksiyasi, she'r va adabiy kechalar, QR- kodli " Kitob yo'lboshchi burchaklari tashkil etilib barchaga bayramona kayfiyat ulashdi. Mahalla aholisi, yoshlar va bolajonlar yurakka yaqin chiqishlar bilan Vatanga bo‘lgan sadoqat, faxr va iftixorni ifoda etdilar.