“Yangi bilim – boylik, kitob uning sandig‘i” shiori ostida kitobxonlar o'rtasida kutubxonaga sayohat tashkil etildi.
“Yangi bilim – boylik, kitob uning sandig‘i” shiori ostida kitobxonlar o'rtasida kutubxonaga sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 14-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida “Yangi bilim – boylik, kitob uning sandig‘i” shiori ostida kutubxonaga sayohat tashkil etildi. Mazkur sayohatda turli yo‘nalishdagi badiiy adabiyotlar, ilmiy-ommabop nashrlar, bolalar uchun mo‘ljallangan kitoblar hamda zamonaviy adabiyotlar haqida ma'lumotlar berib o'tildi.. Ayniqsa, yosh kitobxonlar uchun qiziqarli va foydali bo‘lgan asarlar alohida e’tibor markazida bo‘ldi.
Sayohatda ishtirok etgan kitobxonlar sayohat davomida o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan yaqindan tanishib, mutolaa yuzasidan zarur tavsiya va maslahatlar oldilar. Shuningdek, kitobning inson hayotidagi o‘rni, uning bilim va tafakkurni boyitishdagi ahamiyati haqida samimiy suhbatlar olib borildi.