“Yangi bilim – boylik, kitob uning sandig‘i” shiori ostida kitobxonlik targ‘iboti "Mehr" loyihasi asosida kitobxonlikni keng targ‘ib etishga qaratilgan tadbir tashkil etildi
“Yangi bilim – boylik, kitob uning sandig‘i” shiori ostida kitobxonlik targ‘iboti
Kitobxonlik haftaligi doirasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida “Mehr” loyihasi asosida kitobxonlikni keng targ‘ib etishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida kutubxona mutaxassislari tomonidan Yarlakobov Nusrat boboga turli yo‘nalishdagi adabiyotlar tavsiya etilib, ularning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan yaqindan tanishib, mutolaa yuzasidan foydali tavsiyalar oldilar.
Ayniqsa, kitobxonlar bilan individual ishlash, ularning qiziqishlari asosida adabiyotlar tavsiya etish jarayoni tadbirning samaradorligini yanada oshirdi.