“Yangi O‘zbekiston bag'ri keng davlat”
#Bagʻrikenglik_haftaligi
#Koʻrgazma
Joriy yilning 18-noyabr kuni Zomin tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Duoba" mahalla yoshlari hamda 8-umumiy o'rta ta'lim maktabi faol kitobxon o'quvchilari ishtirokida "Bag‘rikenglik haftaligi" doirasida “Yangi O‘zbekiston bag'ri keng davlat” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazma o‘zida quyidagi yo‘nalishlardagi adabiyotlarni jamlagan:
-xalqlar o‘rtasidagi totuvlik va bag‘rikenglikka bag‘ishlangan ilmiy-ommabop kitoblar;
-millatlararo do‘stlik, tinchlik va hamjihatlik g‘oyalarini tarannum etuvchi badiiy asarlar;
-O‘zbekistonning milliy va diniy bag‘rikenglik borasidagi siyosatini yorituvchi nashrlar;
Ko‘rgazmaning maqsadi-kitobxonlarda bag‘rikenglik madaniyatini rivojlantirish, jamiyatda o‘zaro hurmat va totuvlik g‘oyalarini mustahkamlash, shuningdek,kitob o‘qish madaniyatini keng targ‘ib etishdir.
https://t.me/zomin_kutubxona/21063