YOSHLAR BILAN DAVRA SUHBATI
YOSHLAR BILAN DAVRA SUHBATI
Joriy yilning 9-sentabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan G‘afur G‘ulom mahallasi yoshlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
💬 Suhbat davomida yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish hamda buyuk adib G‘afur G‘ulomning hayoti va ijodiy merosi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
📖 Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, kitob mutolaasining inson hayotidagi ahamiyati haqida fikr almashdilar.
Kitob va ma’rifat — yoshlar kamolotining mustahkam poydevori!