“Yoshlar — kelajak bunyodkorlari”
“Yoshlar — kelajak bunyodkorlari”
Joriy yilning 18-avgust sanasida
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yoshlar ishtirokida “Yoshlar — kelajak bunyodkorlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ilm-ma’rifatga qiziqishini oshirish hamda kelajakdagi maqsadlari haqida fikr almashildi.
Yoshlar o‘z fikr va takliflari bilan faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir samimiy muloqot va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.