"Yoshlar – kelajak bunyodkorlari, kitob esa ularning eng yaqin hamrohi"
"Yoshlar – kelajak bunyodkorlari, kitob esa ularning eng yaqin hamrohi"
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Yulduzcha bolalar sog'lomlashtirish oromgohida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan mazmunli kitob ko'rgazmasi tashkil etildi.
Ko'rgazmada bolalar va yoshlarning qiziqishlariga mos badiiy adabiyotlar, ertaklar, sarguzasht asarlari, Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlar hamda ilm-fan va ma'rifatga oid kitoblar namoyish etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga kitob mutolaasining inson kamolotidagi o'rni, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va bo'sh vaqtni mazmunli tashkil etishning ahamiyati haqida qiziqarli suhbatlar o'tkazildi.
Mazkur kitob ko'rgazmasi yoshlarni mutolaaga keng jalb etish, ularning bilim va dunyoqarashini boyitish, kitobga bo'lgan mehrini yanada oshirishga xizmat qildi. Tadbir ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otib, iliq taassurotlar qoldirdi.
https://t.me/zomin_kutubxona/25979