“Yozgi ta’til — kitob bilan maroqli!”
“Yozgi ta’til — kitob bilan maroqli!”
Joriy yilning 18-avgust sanasida
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xpdimlari tomonidan
yozgi ta’til kunlarida kitobxonlikni targ‘ib qilish, bolalar va yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmadan badiiy adabiyotlar, bolalar uchun qiziqarli ertak va hikoyalar, sarguzasht asarlar hamda ma’rifiy kitoblar o‘rin oldi. Tadbir davomida ishtirokchilarga kitob mutolaasining ahamiyati, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishda kitobning o‘rni haqida tushunchalar berildi.
Yosh kitobxonlar o‘zlari qiziqqan kitoblar bilan tanishib, mutolaa uchun asarlar tanladilar. Yozgi ta’tilni kitob bilan mazmunli o‘tkazish barcha ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.