Yozuvchi Sirojiddin Sayidning "Armiya va tarbiya" kitobi taqdimoti
Kitob_taqdimoti _2025
Joriy yilning 3-dekabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Zomin tuman bo'linmasi hamkorligida yozuvchi Sirojiddin Sayidning "Armiya va tarbiya" kitobi taqdimotini tashkil qilindi. Taqdimotda "LEADERS" o'quv markazi yosh faol kitobxon o'quvchilar ishtirok etdi.Taqdimot marosimida ishtirok etganlar kitob mazmuni, undagi hayotiy fikrlar va muallifning qarashlari bilan yaqindan tanishdi. Kitobda armiyada tarbiya, ma’naviyat, insoniy fazilatlar va jamiyatda intizomning o‘rni haqida chuqur mulohazali va mazmunli she'rlar o‘rin olgan. Shu bilan birga, Sirojiddin Sayyid o‘z asari orqali yoshlarni ma’naviy-axloqiy yo‘lga yo‘naltirish, ularga hayotda mustahkam tamoyillarni shakllantirishga chaqiradi.