"Zakovat" intellektual o'yini
Joriy yilning 10-iyul kuni Zomin tumani axborot-kutubxona markazi bibliografiya bo’limi tomonidan “Ideal” o’quv markazi o’quvchilari o’rtasida "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi. Zakovat intellektual o’yinida "Zukkolar" hamda "Bilimdonlar ", jamoalari bellashdilar. O'yinida "Bilimdonlar" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritishdi. G’olib jamoa axborot-kutubxona markazi tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.