“Zakovat” intellektual o‘yini
Zomin tuman axborot-kutubxona markazida “Rahbar va yoshlar kuni” doirasida yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Tadbirlar majmuasi yoshlarning mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish, bilimga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish va ularni kitobxonlikka keng jalb etishga qaratildi.
Tadbirning asosiy bosqichlari:
O‘yin avvalida kutubxona rahbariyati va taklif etilgan mehmonlar yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazib, yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda mutolaaning inson hayotidagi o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdilar.
Bellashuvda ishtirok etgan jamoalar mantiqiy, adabiy va tarixiy yo‘nalishdagi murakkab savollarga tezkor hamda aniq javob berish bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida yuqori natija ko‘rsatgan jamoalar hamda eng faol bilagʻon ishtirokchilar axborot-kutubxona markazi tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.