ZOMIN TUMANINING MARKAZIY SAYILGOHIDA AHOLIGA SHARAF LENTALARI TAQDIM ETILDI!
Zomin_tumani #Davlat_bayrogʻi_35_yilligi
ZOMIN TUMANINING MARKAZIY SAYILGOHIDA AHOLIGA SHARAF LENTALARI TAQDIM ETILDI!
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 35 yilligi munosabati bilan Zomin tumanida bayramona targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
Xususan, sana munosabati bilan tumanning markaziy sayilgohida aholiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i ranglari aks etgan sharaf lentalari taqdim etildi.
Mazkur tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolar qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yuksaltirish, shuningdek, davlat ramzlariga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada mustahkamlashdan iborat.
Davlat bayrog‘imiz — milliy g‘ururimiz, mustaqilligimiz va xalqimiz birligining yorqin timsolidir!