Zominda “Yangi О‘zbekistonning baxtiyor bolalari” tо‘plamining ilk taqdimoti
Zominda “Yangi О‘zbekistonning baxtiyor bolalari” tо‘plamining ilk taqdimoti bо‘lib о‘tdi.
🇺🇿Yurtimizda “Yagona Vatan, yagona xalq bо‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida о‘tkazilayotgan “Mustaqillik tо‘yi” festivali doirasida, sо‘lim “Zomin” oromgohida yana bir ma’naviy tadbir tashkil etildi. Unda Vatanimiz mustaqilligining shonli 35 yillik to‘yiga, to‘yona sifatida chop etilgan “Yangi О‘zbekistonning baxtiyor bolalari” nomli she’riy tо‘plamning bolajonlar uchun ilk taqdimoti о‘tkazildi.
Taqdimotda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Xasanov ishtirok etdi.
Mazkur tadbirda Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari kitob ko'rgazmasi bilan ishtirok etishdi.