2-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 2-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida aholi, xususan yoshlar o‘rtasida davlat ramzlariga hurmat hissini yanada kuchaytirish, ularning mazmun-mohiyati va tarixiy ahamiyatini tushuntirishga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi, Davlat Bayrog‘i hamda Davlat Madhiyasi aks etgan turli ko‘rinishdagi targ‘ibot materiallari, jumladan, stikerlar va bukletlar tarqatildi.
Shuningdek, davlat ramzlari tushirilgan stikerlar fuqarolarning transport vositalari old oynalariga joylashtirilib, ramzlarni ommalashtirish va ularning kundalik hayotda ko‘proq namoyon bo‘lishiga erishildi. Bu esa aholining, ayniqsa yoshlarning Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Tadbir jarayonida mutaxassislar tomonidan davlat ramzlarining yaratilish tarixi, ularning huquqiy asoslari
https://t.me/zomin_kutubxona/26059