“Abdulla Qodiriy – o‘zbek adabiyotining zabardast namoyandasi” mavzusida davra suhbati
“Abdulla Qodiriy – o‘zbek adabiyotining zabardast namoyandasi” mavzusida davra suhbati
Joriy yilning 14-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining yirik vakili, iste’dodli yozuvchi Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yosh avlodni milliy adabiyotimiz durdonalari bilan yaqindan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish hamda buyuk adiblarimiz merosiga hurmat ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilarga Abdulla Qodiriyning hayot yo‘li, uning ijodiy faoliyati, ayniqsa “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” asarlarining mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, adibning o‘zbek romanchiligi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Tadbir davomida kitobxonlar o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, adib ijodidan olgan taassurotlarini bayon etdilar.