Abdusattor Sodiqov bilan ijodiy uchrashuv hamda davra suhbati
Joriy yilning 16-aprel sanasida Kitobxonlik haftaligi doirasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan hududimizda taniqli ijodkor Abdusattor Sodiqov bilan ijodiy uchrashuv hamda davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda kitobxonlar, yoshlar va adabiyot ixlosmandlari faol ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida ijodkor o‘zining hayot yo‘li, ijodiy faoliyati hamda yaratgan asarlari haqida so‘z yuritdi. Ayniqsa, yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, ma’naviy yuksalish va ijodkorlikka bo‘lgan qiziqishni oshirish borasidagi fikrlari barchada katta qiziqish uyg‘otdi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ijodkor tomonidan batafsil javoblar oldilar. Shuningdek, uning asarlaridan parchalar o‘qilib, kitoblar taqdimoti ham tashkil etildi.
Mazkur ijodiy uchrashuv yoshlar qalbida kitobga bo‘lgan mehrni yanada mustahkamlab, ularni ilm va ijod sari ilhomlantirdi.