Amaliy-ma’rifiy tadbir
Joriy yilning 19 noyabr sanasida
Zomin tuman axborot-kutubxona markazida yoshlar va o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularga axborot-kutubxona resurslaridan to‘g‘ri va unumli foydalanish ko‘nikmalarini singdirish yo‘lidagi ezgu ishlar davom etmoqda.
Shu maqsadda markazning bibliografiya bo‘limi tomonidan 16-umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun maxsus amaliy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga:
Bibliografik qo‘llanmalar va ularning turlari haqida batafsil tushunchalar berildi;
Kerakli adabiyotlar, ilmiy maqolalar va ma’lumotlarni qidirib topishda kataloglar hamda tavsiyanomalardan foydalanish tartib-qoidalari tushuntirildi;
Mustaqil ta’lim olish va kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda bibliografiyaning o‘rni katta ekanligi hayotiy misollar yordamida yoritib berildi.