“Amir Temur – buyuk sarkarda va davlat arbobi” mavzusida tadbir
“Amir Temur – buyuk sarkarda va davlat arbobi” mavzusida tadbir
Joriy yilning 10-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda 75-maktab bilan hamkorlikda maktab o‘quvchilari va kutubxona kitobxonlari ishtirokida “Amir Temur – buyuk sarkarda va davlat arbobi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, uning davlat boshqaruvidagi donoligi, jasorati hamda boy merosi haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbirda buyuk ajdodimizning hayot yo‘li yoshlar uchun ibrat maktabi ekanligi alohida ta’kidlandi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantirilib, bu kabi ma’naviy uchrashuvlar yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashi qayd etildi.