“Besh tashabbus — yoshlar kelajagi uchun muhim qadamlardan biri”
“Besh tashabbus — yoshlar kelajagi uchun muhim qadamlardan biri”
“Kitobxonlik haftaligi” doirasida joriy yilning 16- aprel sanasida kutubxonaning bibliografiya bo‘limi tomonidan “Besh tashabbus kutubxonasi” bilan hamkorlikda yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida “Besh tashabbus” doirasidagi ustuvor yo‘nalishlar — yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, sportga keng jalb etish, zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘rganish, san’at va madaniyatga qiziqishini oshirish hamda ijtimoiy faolligini kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv jarayonida yoshlar o‘z fikr va takliflari bilan faol ishtirok etib, kutubxonadan samarali foydalanish, yangi adabiyotlar bilan tanishish hamda o‘z bilim va salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha foydali tavsiyalar oldilar.