“Bilim izlab” nomli sayohat
Joriy yilning 17-sentyabr kuni "Istiqlol" MFY da joylashgan Zomin tuman axborot-kutubxona markazi filialida 11- "Orom" nomli mаktabgacha ta'lim tashkilotining jajji bolajonlari ishtirokida bolajonlarning talab va istaklari asosida “Bilim izlab” nomli sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida o‘quvchilarga kutubxonaning faoliyati, kitob fondi, kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda kutubxonadan foydalanish tartibi haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, kichik yoshdagi kitobxonlar uchun mo‘ljallangan badiiy adabiyotlar, ertak kitoblari va rang-barang bolalar nashrlari namoyish etildi.