“Bilim izlab” nomli sayohat tashkil etildi.
#Sayohat_2026
Joriy yilning 21-sentyabr kuni Shohrux nomidagi Zomin tuman axborot-kutubxona markazi filialida 78-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-7sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘quvchilarning talab va istaklari asosida “Bilim izlab” nomli sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida o‘quvchilarga kutubxonaning faoliyati, kitob fondi, kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda kutubxonadan foydalanish tartibi haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, kichik yoshdagi kitobxonlar uchun mo‘ljallangan badiiy adabiyotlar, ertak kitoblari va rang-barang bolalar nashrlari namoyish etildi.