ʼʼBir asar tarixiʼʼ
Zomin tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan Ichki ishlar qoshidagi Zomin bollalar sog'lomlashtirish oromgohida ʼʼBir asar tarixiʼʼ mavzusida oromgoh bolalariga davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbati davomida bolalar yozuvchisi Xudoyberdi Toʻxtaboyevning asarlari hamda yozuvchining hayoti va ijodi haqida soʻzlab berildi. Asarlar bolajonlarga juda manzur boʻldi va ular ham ushbu asarlar haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdilar. Ushbu davra suhbatiga 25 nafar oʻquvchi yoshlar jalb etildi.