"Bir asrlik badiiy tafakkur qomusi" nomli kitob ko'rgazma
#Kitob_ko'rgazma_2026
Joriy yilning 10-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi o'quv zalida Abdulla Qodiriy tavalludiga bag'ishlab "Bir asrlik badiiy tafakkur qomusi" nomli kitob ko'rgazmasi tashkil etildi.
XX asr o‘zbek adabiyotining ulkan namoyandalaridan biri, o‘zbek romanchiligi asoschisi, yozuvchi, shoir, tarjimon, dramaturg Abdulla Qodiriy qisqa umr ko'rgan bo'lsa ham, shu fursat ichida zalvorli hayot kechirgan, 100 yil yashab ham kishilar qilolmagan ishlarga 44 yillik umri davomida ulgurgan.