"Biz bilgan moddalar"
#Inson huquqlari_2025
Joriy yilning 18-dekabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari va 75-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 5-sinf oʻquvchilari ishtirokida "Konstitutsiya- G'ururimsan Qomusim'' nomli tadbir tashkil qilindi. Tadbir davomida Konstitutsiyaning yaratilish tarixi, komissiya tarkibi, qabul qilingan jarayon va undagi asosiy g'oyalar haqida ma'lumotlar berildi. Tadbir davomida "Huquqlarga sayohat" nomli sahna ko'rinishi tashkil qilindi. Sahna ko'rinishida o'quvchilar o'zlarini huquq va burchlarini o'rganib oldilar. So'ngra yoshlar "Biz bilgan moddalar" nomi ostida o'zlarining bilgan moddalarini aytib berdilar va bir-birilari bilan o'zaro fikr almashdilr. Tadbir juda ham qiziqarli suhbatlar bilan yakunlandi. Tadbirda 30 nafar kitobxon o'quvchilar qatnashdilar.