"Buvim aytgan ertaklar"
Joriy yilning 24-dekabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Kitobsevar millat" shiori ostida 2-DMTT bolajonlari ishtirokida "Buvim aytgan ertaklar" shoiri ostida davra suhbati tashkil etildi. Dastlab markaz xodimi tomonidan jajji kitobxon o'quvchilarga "G'ozlar qaytgan kun" nomli ertak aytib berildi. Shu bilan birgalikda ushbu ertak xususida bahs munozara hamda savol- javoblar tashkil etildi. Yosh bolajonlar oʻzlari oʻqigan ertaklardan parchalar aytib oʻtishdi. Davra suhbatiga 15 nafar bolajonlar jalb etildi.