“Buyuk ajdodlar merosi – yoshlar nigohida”
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda 9225- harbiy qism hamkorligida “Amir Temur oyligi” doirasida “Buyuk ajdodlar merosi – yoshlar nigohida” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
📌Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning boy tarixiy merosini chuqur o‘rganish, yoshlar ongida milliy g‘urur, vatanparvarlik va ajdodlarimizga bo‘lgan hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
📌 Tadbir davomida ishtirokchilarga Amir Temurning hayoti, uning yuksak harbiy salohiyati, adolatli boshqaruv tizimi hamda ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
📌Ayniqsa, Amir Temur tomonidan bunyod etilgan obod shaharlar, rivojlantirilgan savdo yo‘llari va yaratilgan mustahkam davlat tuzumi haqida qiziqarli fikr-mulohazalar bildirildi.