“Davlat bayrog‘i -milliy g‘urur, mustaqillik va birlik ramzi”
#Davlat_bayrogʻi_millat_gʻururi
Joriy yilning 20-noyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 75-umumiy o'rta ta'lim maktabi bilan hamkorlikda “Taqfakkur gulshani” kitobxonlar klubi ishtirokida “Davlat bayrog‘i -milliy g‘urur, mustaqillik va birlik ramzi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining qabul qilinish tarixi, uning ramziy ma’nolari hamda yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi. Tadbir yakunida bayramona ruh ishtirokchilar qalbida katta taassurot qoldirdi. Uchrashuvning asosiy maqsadi — kitobxonlarning Vatanga, mustaqillikka va davlat ramzlariga bo‘lgan hurmat va mehrini yanada oshirish, ularda milliy g‘urur tuyg‘usini mustahkamlashdan iborat ekani alohida ta’kidlandi.