“DAVLATCHILIK TARIXIDA TILNING AHAMIYATI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
#Zomin_tumani
“DAVLATCHILIK TARIXIDA TILNING AHAMIYATI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
Zomin tuman axborot-kutubxona markazida kutubxona a’zolari va maktab o‘quvchilari ishtirokida “Davlatchilik tarixida tilning ahamiyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Zomin tumani hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Xayrulla Sidikov ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida tilning davlatchilik tarixidagi o‘rni, o‘zbek tilining shakllanishi va rivojlanishi, uning milliy o‘zlikni anglash hamda tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylashdagi ahamiyati haqida fikr yuritildi.
Shuningdek, yosh avlodning davlat tiliga hurmatini oshirish, adabiy til me’yorlariga rioya qilish, nutq madaniyatini rivojlantirish va ona tilimizning boy imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir o‘quvchilarning tilimiz tarixi va uning davlatchilik taraqqiyotidagi o‘rni haqidagi bilimlarini kengaytirish, ularda milliy qadriyatlarga hurmat va ona tiliga ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.