Davra suhbati
#Davra suhbati
2026-yil 6-aprel kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi axborot-biblografiya boʻlimi tomonidan Yoshlar markazi binosida joylashgan "Elegant" oʻquv markazi oʻquvchilariga Zomin tarixi haqida yaratilgan qoʻllanmadan yosh kitobxonlarga Zomin tarixi haqida tushunchalar berib oʻtildi.
Darvra suhbati davomida turli yo‘nalishdagi yangi badiiy, ilmiy-ommabop va bolalar adabiyotlari haqida maʼlumot berildi. Kutubxona xodimlari tomonidan kitoblarning mazmuni, mualliflari va ahamiyati haqida ma'lumotlar ulashildi.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Davra suhbati kitobxonlarda Zomin tarixi madaniyatini oshirish va tarixga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga xizmat qildi.