Davra suhbati
2025-yilning 9-iyul kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazining Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati xodimlari tomonidan Zomin tuman "Ichki Ishlar Bo'limi" bolalarni sog'lomlashtirish oromgohi bolalari ishtirokida ochiq osmon ostida "Qatag‘on qurbonlari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatining asosiy maqsadi – siyosiy qatag'on qurboni bo'lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o'rganish, targ'ib etish, ularning xotirasini abadiylashtirish hamda yosh avlodga yetkazishdan iborat bo‘ldi.
Mazkur tadbir yoshlarni tarixiy xotiraga hurmat ruhida tarbiyalash, ularni milliy o‘zlikni anglashga undash hamda mustaqil O‘zbekiston tinchligi va barqarorligini qadrlashga chorlovchi muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan biri bo‘ldi.