Fond bo‘limi tomonidan seminar tashkil etildi
Fond bo‘limi tomonidan seminar tashkil etildi
Joriy yilning 3-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan fond bo‘limi faoliyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Tadbir davomida kitob fondidan samarali foydalanish, uni saqlash va kitobxonlarga yetkazish jarayonlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Seminar jarayonida mutaxassislar tomonidan xizmat ko‘rsatish sifati, fondni boyitish hamda undan to‘g‘ri foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Bunday seminarlar kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, kitobxonlarga qulay sharoit yaratish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.