“Gender tenglik — jamiyat taraqqiyoti garovi”
“Kitobxonlik haftaligi” doirasida gender tenglikka bag‘ishlangan tadbir
Joriy yilning bahoriy kunlarida o‘tkazilayotgan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida Mustaqillik mahalla xotin-qizlari ishtirokida “Gender tenglik — jamiyat taraqqiyoti garovi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda mahalla faollari, xotin-qizlar hamda yosh kitobxonlar ishtirok etib, jamiyatda gender tenglikning o‘rni va ahamiyati haqida fikr almashdilar. Suhbat davomida ayollarning jamiyatdagi faolligi, ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, oilada va ijtimoiy hayotda tenglikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ishtirokchilarga mazkur mavzuga oid kitoblar va adabiyotlar tavsiya etilib, kitobxonlik orqali ong va tafakkurni rivojlantirish muhimligi alohida ta’kidlandi. Tadbir davomida xotin-qizlarning fikr va mulohazalari tinglanib, ularning faolligini oshirishga qaratilgan takliflar ilgari surildi.