Hamid Olimjonning tavalludiga bag'ishlab tadbir
#Kitobxonlar_klubi_2025
Joriy yilning 10-dekabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi bilan hamkorlikda kitobxon o'quvchilari va kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida iste'dodli shoir, dramaturg, olim va jamoat arbobi Hamid Olimjonning tavalludiga bag'ishlab tadbir tashkil qilindi. Tadbir davomida oʻquvchilarga Hamid Olimjonning hayoti va ijodi haqida ma'lumotlar berildi. Ijodkorning xalq og'zaki ijodidan "Oygul bilan Baxtiyor" ertagi keng yoritib berildi. Ertakda xalqimizning erkka, ozodlikka bo'lgan intilishi, yovuzlikka qarshi kurashi betakror va sodda ravon tilda yozilganligi aytib berildi. Kitobxon o'quvchilar bilan qiziqarli bahs munozaralar tashkil qilindi, ularning qiziqtirgan savollariga javob berildi.