“INFOLIB ÖZBEKISTON – 2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Zoom platformasi
#Infolib_2026
Joriy yilning 19-noyabr kuni “INFOLIB ÖZBEKISTON – 2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Zomin tuman Şohrux nomidagi axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Zoom platformasi orqali Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan taşkil etilgan onlayn taqdimot va öquv-seminarda faol iştirok etdilar.
Tadbir davomida mualliflar U. A. Teşaboyeva va D. Ş. Azimovalarning “Barçaga oçiq kutubxona: inklyuziv axborot-kutubxona muhitini taşkil etiş va xizmat körsatiş metodikasi” nomli yangi qöllanmasi taqdimoti ötkazildi. Unda kutubxonalarda barça toifadagi foydalanuvçilar uçun qulay, tösiqsiz va inklyuziv muhit yaratiş hamda ularga sifatli xizmat körsatişning zamonaviy metodikalari atrofliça yoritib berildi.
Şuningdek, seminar davomida axborot-kutubxona fondlarini jamlaş va yangi adabiyotlar bilan boyitiş, fondlarni şakllantirişda zamonaviy yondaşuvlarni qöllaş masalalari muhokama qilindi. Mutaxassislarga topografik katalog kartoçkalarini töğri töldirişdir.