Ish jarayonidan lavhalar
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tuman hududida faoliyat yuritayotgan Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kutubxona muassasasi faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning samarali ishlashini ta’minlash hamda tashkiliy-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Markaz tomonidan kutubxonalar fondini boyitish, kitobxonlarga zamonaviy va sifatli axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish, mutaxassislarning kasbiy malakasini oshirish hamda ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kitob ko‘rgazmalari, davra suhbatlari va tanlovlar tashkil etilib, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shilmoqda.
Kutubxona muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish, axborot-resurs xizmatlari sifatini oshirish va kitobxonlar uchun qulay sharoitlar yaratish yo‘lida samarali faoliyat olib borishda davom etadi.