“Jadidlar merosi — ma’rifat va taraqqiyot yo‘li”
“Jadidlar merosi — ma’rifat va taraqqiyot yo‘li”
Uyushmagan yoshlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
Joriy yilning 10-avgust sanasida Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan uyushmagan yoshlar ishtirokida “Jadidlar merosi — ma’rifat va taraqqiyot yo‘li” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida jadid bobolarimizning xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni, ilm-fan, ta’lim va ma’rifat rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida so‘z yuritildi. Yoshlar jadidlarning ilg‘or g‘oyalari, Vatan ravnaqi va xalq kelajagi yo‘lida amalga oshirgan ezgu ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Suhbat davomida yoshlarning fikr va mulohazalari tinglanib, ularni kitobxonlikka, ilm olishga hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga chorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida yoshlarni jadidlar merosini chuqur o‘rganish, ulardan ibrat olish va yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga undash bo‘yicha fikrlar bildirildi.